15:00 (07.11.2025)

63

Dorixona xodimlari uchun seminar: yunidoza shaklidagi dorilar taqdimoti

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan dorixona xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. Treningda dorixona mudirlari va xodimlari onlayn va oflayn formatda ishtirok etdi.

Oʻquv jarayonida “Jurabek Laboratories Ltd” farmatsevtika kompaniyasi vakillari qatnashib, kompaniyaning ilgʻor yunidoza shaklidagi OTS dori vositalari haqida maʼlumot berdi.

“Yunidoza” - bir marta qabul qilish uchun moʻljallangan dorining aniq miqdori.

Afzalliklari:
- Ochish oson, ichishga qulay va oʻzi bilan olib yurish mumkin;
- Tayyor aniq dozada;
- Xavfsizlik – dorilar yuqori gigiyena standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.
- Samaradorlik – aniq miqdorda taqdim qilingan dori zudlik bilan kerakli taʼsir koʻrsatadi.
- Modul va koʻp maqsadli foydalanish – turli yosh va holatdagi bemorlar uchun moslashtirilgan.

Taqdimotda “Jurabek Laboratories Ltd” tomonidan ishlab chiqarilayotgan yunidoza shaklidagi bir qator dori vositalari haqida maʼlumot berildi:

Bakdiar – ichak antisetiki, diareyaga qarshi samarali vosita, hazmni yaxshilaydi va ichakdagi noqulayliklarni bartaraf etadi.
Ifenta suspenziyasi – bolalarda isitmani tushirish, yalligʻlanish va ogʻriqni kamaytirish uchun moʻljallangan.
Fevalgan yoki Paratsetamol svechalari – bolalar uchun isitma tushirish va ogʻriqni kamaytirishda qoʻllaniladi.
L-Karnitin – organizmdagi yogʻlarni eritishga yordam beradi, energiya ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Lekorn Enerdje – metabolik dori vositasi boʻlib, bolalarda oʻsish va aqliy rivojlanishga yordam beradi, energiyani oshiradi, immunitetni mustahkamlaydi hamda soch va tirnoqlarni kuchaytiradi.

Shuningdek, treningda ingalyatsiya vositalari, allergiya belgilari va gerpes virusiga qarshi dori vositalarining qoʻllanilishi, tarkibi, faol moddalari, inson salomatligidagi ahamiyati, qoʻllash tartibi va ehtimoliy nojuya taʼsirlari haqida ham maʼlumot taqdim qilindi.

Bunday oʻquv-seminarlar dorixona xodimlarining mijozlarga dori vositalari haqida toʻgʻri va zaruriy maslahatlar berishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Maʼlumot uchun:Jurabek Laboratories milliy va xalqaro sifat standartlariga javob beradigan yetakchi mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech