10:00 (17.02.2025)
515
Prezident raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda nafaqat sport, balki to‘g‘ri ovqatlanish ham dolzarb ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, aholimizning 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan.
Aholi o‘rtasida boshoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar iste’moli keskin kamayib, tuz va shakar iste’moli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuchaytiradi. Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta o‘limga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi.