09:34 (03.10.2022)
2778
Rossiya olimlari orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OIV) infektsiyasini davolashning yangi usulini topdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur davo chorasi maxsus oqsillardan foydalanishga asoslangan. Ular bemor organizmidagi immunitet hujayralari funktsiyalarini tiklashga yordam beradi, o‘z navbatida, OIV kasalligiga qarshi kurashuvchi antitanalarni quvvatlantiradi.
Natijada organizm ichki imkoniyatini ishga solib, virusni siqib chiqarishga kirishadi. Yakunda tanada OIV infektsiyasi miqdori kamayib, uning salomatlik uchun zararli ta'siri keskin pasayishi ma'lum qilingan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili qariyb 2 million kishi ushbu xavfli xastalikka chalinmoqda. Hozirda butun sayyora bo‘yicha OIV tashxisi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 38,4 million nafardan oshgan.