17:50 (17.12.2024)

541

Olimlar qand miqdorini keskin oshiradigan beshta mahsulotni aytib o‘tishdi

Qondagi qandning yuqori darajasi ichki a’zolarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi, bu esa infarkt va insult rivojlanish xavfini oshiradi.

"Buyuk Britaniyada 40 yoshdan oshgan har o‘ninchi odam diabet bilan kasallangan va ularning ko‘pchiligi qondagi qand miqdorining oshishiga olib keladigan ovqatlarni iste’mol qiladi. Foydali deb hisoblangan ayrim mahsulotlar bu ko‘rsatkichga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda," - deydi tadqiqotchilar.

Demak kasallikdan himoyalanish uchun shakar, tuz va yog‘larni iste’mol qilishni minimallashtirish kerak. Bundan tashqari, qondagi qand miqdorini keskin oshiradigan mahsulotlarga kartoshka, uzum, quritilgan mevalar, meva sharbati va sushi kiradi.

Mutaxassislar eng foydali oziq-ovqatlardan uglevodlarni o‘rtacha iste’mol qilishga chaqirib, ko‘p odamlar mevalarni kam iste’mol qilishi, lekin bir o‘tirishda meyorini oshirib yuborishini ta’kidladi.

Qondagi qand miqdorini barqarorlashtirish uchun shifokorlar tuzlangan karam, brokkoli, yasmiq, sitrus mevalar, shakarsiz yogurt, tuxum va dengiz mahsulotlarini muntazam iste’mol qilishni maslahat berishdi.

Avvalroq tadqiqotchilar qondagi qand miqdorini me’yorda ushlab turish uchun kunni oqsil, foydali yog‘lar va murakkab uglevodlarni o‘z ichiga olgan to‘g‘ri nonushtadan boshlashni tavsiya qilgan edi. Nonushta uchun eng foydali mahsulotlar ro‘yxatida avokado, suli yormasi va kakao keltirilgan.

"Mahsulot tarkibidagi flavonoidlar insulinga sezgirlikni yaxshilashga va glyukoza darajasini tartibga solishga yordam beradi," - deya tushuntirdi mutaxassislar kakao haqida gapirib.

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech
Close menu