14:50 (25.12.2024)
119
Seuldagi Koreya universitetining bir guruh olimlari boshqa turdagi hujayralarni o‘zgartirish orqali yurak to‘qimasini qayta tiklash texnologiyasini ishlab chiqdi. Tadqiqot Experimental & Molecular Medicine ilmiy jurnalida chop etildi.
Mutaxassislar fibroblastlarni (biriktiruvchi to‘qima hujayralari) yetuk va funksional induksiyalangan kardiomiotsitlarga (yurakning mushak hujayralari) aylantirishni o‘rgandilar.
Usul fibroblast o‘sish omili 4 va S vitamini kombinatsiyasiga asoslangan bo‘lib, u yetuklikni tezlashtiradi va hujayra faoliyatini yaxshilaydi.
Tajribalar davomida olimlar aniq belgilangan sarkomerlar (mushak to‘qimalarining bo‘laklari) va T-naychalari (hujayra membranasi elementlari) bilan yaxshi hujayra tuzilishiga erishdi, ion kanallari funksiyasi yaxshilangan holda elektr faolligini oshirdi va yetuk, to‘liq qayta dasturlashtirilgan kardiomiotsitlarni yaratishda yuqori samaradorlikka erishdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bemorning o‘z to‘qimasidan yetuk kardiomiotsitlarni yetishtirish bir kun kelib yurak xuruji yoki boshqa yurak-qon tomir kasalliklari natijasida yetkazilgan zararni tiklashga yordam beradi.