09:00 (12.07.2024)
864
AQSH Milliy saraton instituti olimlari 20 yildan ortiq vaqt davomida har kuni multivitaminli komplekslarni isteʼmol qilgan 400 mingga yaqin amerikaliklarning soʻrovnomalarini oʻrganib chiqib, bu ularning umr koʻrish davomiyligiga ijobiy taʼsir koʻrsatmagan degan xulosaga kelishdi.
Aksincha, bu guruhda oʻlim xavfi vitaminlarni qabul qilmaganlarga qaraganda 4% yuqori boʻlgan. Mutaxassislar hozirda bunday komplekslarni qabul qilishning foydasi haqida ilmiy dalillar yoʻqligini tasdiqladi.
AQSH Milliy Saraton Instituti tadqiqotchilari nufuzli JAMA Network ilmiy jurnalida muntazam ravishda multivitaminlar (bir kapsulada bir nechta vitaminlarni oʻz ichiga olgan preparatlar, baʼzan mikroelementlar bilan birga) qabul qilgan fuqarolarni kuzatuv natijalarini eʼlon qildi.
Tadqiqotda oʻrtacha yoshi 61,5 yosh boʻlgan 390 124 kishi ishtirok etdi. 20 yildan ortiq davom etgan eksperiment boshlanishida ishtirokchilarning hech birida saraton yoki boshqa surunkali kasalliklar boʻlmagan. Bu vaqt ichida olimlar 164 762 oʻlimni qayd etishdi. Deyarli 50 ming kishi saraton kasalligidan, 35 ming kishi yurak va qon tomir patologiyalaridan, 9 ming bemor esa miya qon tomir kasalliklaridan vafot etgan.
Tadqiqotchilik komplekslarni kundalik isteʼmol umr koʻrish yoshiga ijobiy taʼsir koʻrsatmaydi, degan xulosaga kelishdi. Aksincha, multivitaminli qoʻshimchalarni qabul qilgan ishtirokchilar orasida oʻlim xavfi 4 foizga yuqori boʻlgan. Shu bilan birga, tahlillar shuni koʻrsatdiki, multivitaminlarni isteʼmol qiluvchilarda saraton, yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklardan umumiy oʻlim va oʻlim ehtimoli qoʻshimchalarni qabul qilmagan ishtirokchilar bilan taqqoslanganda yuqori boʻlgan.
Har uch amerikalik kattalardan biri, ilmiy tadqiqotlarga koʻra, kasallikning oldini olish uchun multivitaminlarni qabul qiladi. Shu bilan birga, oʻtkazilgan soʻrovlarga koʻra, 2021-yilda koronavirus pandemiyasi davrida vitaminlarni isteʼmol qilish koʻpaygan.
- Saratonning oldini olish va davolashda vitamin qoʻshimchalarining samaradorligi yetarlicha oʻrganilmagan, -deydi Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Oksana Drapkina, -baʼzilari zararsiz boʻlishi mumkin, ammo koʻplab vitamin qoʻshimchalari kimyoterapiya preparatlariining taʼsirini susaytiradi yoki yon taʼsirini oshiradi. Xususan, antioksidant qoʻshimchalarni qabul qilish saratonning qaytalani bilan bogʻliqligi qayd etilgan, dedi u.
"Kimyoterapiyaning nojoʻya taʼsirini kamaytirish uchun vitaminlar kerak boʻlgan baʼzi holatlar mavjud. Biroq, koʻp hollarda, qoʻshimchalar kerak emas yoki davolanish vaqtida toʻxtatilishi kerak, - deb taʼkidlaydi Sogʻliqni saqlash vazirligi eksperti.