16:38 (13.12.2024)

930

Olimlarning aniqlashicha, sport bolalarning IQ darajasini bir necha darajaga oshiradi

Ispaniyaning yetakchi universitetlari olimlari jismoniy mashqlar bolalar va o‘smirlarning IQ darajasini o‘rtacha to‘rt ballga oshirishini aniqlashdi. Bu taxminan qo‘shimcha o‘qish yili bilan bir xil natijani beradi. Tadqiqot natijalari Pediatrics jurnalida chop etildi.

Olimlar uzoq vaqt davomida jismoniy faoliyat nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, kognitiv qobiliyatlarni yaxshilashga yordam berishini ta’kidladilar.

Ilgari chop etilgan 14 ta tadqiqotni qamrab olgan maqolalar yangi tadqiqot natijalarini tasdiqladi. Meta-tahlil davomida olimlar 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 3203 nafar bola va o‘smirning ma’lumotlarini hisobga olishdi. Mutaxassislar jismoniy faollik intellektning turli jihatlariga, jumladan, umumiy IQga, shuningdek, yangi muammolarni hal qilish qobiliyatiga va to‘plangan bilim hamda tajribaga ta’sirini o‘rganishdi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning yoshi, dastlabki jismoniy tayyorgarligi va boshlang‘ich intellekt darajasidan qat’i nazar, muntazam jismoniy mashqlar ularning kognitiv qobiliyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘rtacha, sport bilan shug‘ullangan bolalar va o‘smirlarning IQ darajasi to‘rt pog‘onaga oshdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech