17:45 (12.06.2025)
91
“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi dorixonalarda faoliyat yuritayotgan farmatsevtlar uchun oʻquvlar tashkil etish anʼanaga aylangan.
Bugun tashkil etilgan oʻquvda “Dr. Reddyʻs” kompaniyasining vakillari jigʻildon qaynashi, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasida qoʻllaniladigan, xalqaro patentlanmagan nomi omeprazol hisoblangan Omez® dori vositasi, uning dozalari, qaysi dozada qanday bemorga tavsiya qilish mumkinligi va qoʻllanilishi haqida batafsil tushunchalar berib oʻtdi.
Prizentatsiyada keltirilishicha Omez® preparati Oʻzbekiston bozoriga kirib kelganiga 30 yil boʻlgan va tabiiyki yillar davomida isteʼmolchilar ishonchini qozonganligi uchun ham bugungi kunda koʻp soʻraladigan dorilar qatorida turibdi.
Oʻquv davomida farmatsevtlar oʻzlarini qiziqtirgan, isteʼmolchilar tomonidan koʻp beriladigan savollarga javob olishdi. Oʻquv interaktiv usulda savol-javoblar, bahs-munozaralarga boy oʻtdi.