15:40 (30.03.2026)

126

O‘simlik vositalari va dorilarning o‘zaro ta’sir xavfi

Ko‘p bemorlar retseptura asosida beriladigan dori-darmonlarni qabul qilish bilan bir qatorda o‘simlik vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni ham qo‘llaydilar, bu esa klinik ahamiyatga ega bo‘lgan dori-darmonlar o‘zaro ta’siri xavfini oshiradi.

Ro‘yxatga olingan salbiy ta’sirlar qatoriga quyidagilar kiradi:
— jigar fermentlari darajasining oshishi,
— hazm tizimi buzilishlari,
— varfarin qabul qilayotgan bemorlarda Xalqaro normallashtirilgan nisbat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi,
— buyrak faoliyatining buzilishi.

Shuningdek, immunodepressantlarni qabul qilayotgan va shu vaqtda dala choyi (zveroboy)dan foydalangan bemorlarda ko‘pincha organ transplantatsiyalarining (yurak, buyrak, jigar) keskin rad etish holatlari qayd etilgan.

Alohida xavf guruhiga katta yoshli bemorlar kiradi, chunki ular ko‘proq fitopreparatlardan foydalanadi, salbiy ta’sirlar haqida kamroq xabar beradi va ko‘pincha bir vaqtda bir nechta dori vositalarini qabul qilishadi.

Eng yaxshi o‘rganilgan fitopreparat — dala choy (zveroboy), u sitoxrom P450 tizimi fermentlarining kuchli induktori hisoblanadi. U ayrim dori-darmonlarning samaradorligini pasaytiradi. Ilmiy adabiyotlarda 600 dan ortiq dori-darmonlar o‘zaro ta’siri qayd etilgan bo‘lib, shularning taxminan 300 tasi klinik ahamiyatga ega.

Ko‘p qo‘llaniladigan o‘simlik vositalari:

Tavolga (Filipendula ulmaria)
Dispepsiya va ovqat hazm qilish tizimidagi yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi. U yengil yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, oshqozon kislota sekretsiyasini bostirmaydi. Shu bilan birga, salitsilatlarni o‘z ichiga oladi, shu bois aspiringa allergiyasi bor bemorlarga tavsiya qilinmaydi.

Selderey urug‘i
Giperurikemiya va podagrada yallig‘lanishdan kelib chiqadigan og‘riqni kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi zarur.

Sarimsoq
Lipid profilini to‘g‘rilash va trombotsitlar agregatsiyasini kamaytirish uchun ishlatiladi. Antikoagulyantlar bilan birgalikda qo‘llash tavsiya etilmaydi va operatsiyadan oldin to‘xtatilishi kerak.

Ashvaganda (Withania somnifera)
Tashvish va stressni kamaytirish uchun qo‘llaniladi. GAMK-yergik tizimga ta’sir qiladi va hazm tizimida buzilishlar keltirib chiqarishi mumkin.

Valeriana
GAMK tizimiga ta’sir orqali tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Ba’zi bemorlarda (taxminan 10%) paradoksal reaksiya kuzatilishi mumkin — quvvatlanish va tashvishning oshishi.

Moychechak
Tashvish va yengil uyqu buzilishlarida qo‘llaniladi, o‘rtacha spazmolitik va bakteriyaga qarshi ta’sirga ega.

Xulosa:
Fitopreparatlar va biologik faol qo‘shimchalar (BAD) to‘liq xavfsiz deb hisoblanmasligi kerak — ularning dorilar bilan qo‘llashda ta’siri klinik ahamiyatga ega.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech