11:00 (05.12.2025)
168
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari joriy yil 27–28-noyabr kunlari Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro fan olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Olimpiada Osiyo Fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro fanlar akademiyasining Ozarbayjon bo‘limi akademigi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Bayan Sagindikova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.
Ushbu olimpiadada Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan kelgan kuchli talabalardan iborat 9 ta jamoa ishtirok etib, ularni ichida o‘zbekistonlik talabalar guruhi 1-o‘rinni egallagani quvonarli albatta.
Yana bir jihati ushbu olimpiadada Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti iqtidorli talabalari:
- Yo‘ldoshev Otabek – 4-bosqich
- Xolmuhamedova Nigina – 4-bosqich
- Yusufjonov Abdurashid – 4-bosqich
- Quvvatova Zarinabonu – 5-bosqich
- Mamajonov Nuriddin – 5-bosqich ilk bor ishtirok etishlariga qaramay institut sha’nini munosib himoya qilishdi.
Olimpiada 4 turdan iborat bo‘lib, unda 5 ta mutaxassislik fanlari farmakologiya, farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, farmatsiya menejmenti va iqtisodiyoti va farmatsevtika texnologiyasidan og‘zaki va yozma test sinovlari o‘tkazildi.
‘‘Savollar o‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi, lekin yutishimizni bilar edim. Chunki men o‘z jamoamga ishongan edim. Har bir ishtirokchi o‘ziga yarasha kuchli bilim egalari’’ – deydi jamoa sardori Abdurashid Yusufjonov.
Shunday nufuzli musobaqada g‘olib chiqish – bu faqat bilim emas, bu jasorat, mehnat va terdan iborat ulkan yutuqdir! Ularni ushbu beqiyos g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz.
Talabalarni, yosh farmatsevtlarni ushbu beqiyos g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz.