17:46 (12.07.2023)
2310
10 iyul kuni Peru hukumati tomonidan mushaklar kuchsizligi, sezuvchanlikning buzilishi va asab tizimi bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradigan o'tkir autoimmun yallig'lanish kasalligi bo'lgan Giyena-Barre sindromi bilan kasallanish holatlari ko'payganligi sababli mamlakatda favqulodda holat e`lon qilindi.
Ta'kidlanishicha, mamlakatning 165 ga yaqin aholisi shu sindrom bilan kasallangan, ulardan to'rt nafari vafot etgan.
Favqulodda holat e'lon qilinishi mamlakat hukumati fuqarolarni davolash uchun zudlik bilan 7500 ming ampuladan ortiq qimmat immunoglobulin sotib olishi uchun zarur edi. Ilgari u hayot uchun muhim dorilar ro'yxatiga kiritilmaganligi sababli sotib olishning iloji yo'q edi.