14:48 (19.07.2023)
2359
Har kim diabetga chalinishi mumkin. U ortiqcha vaznga ega bo'lishi va ko'p shirinliklar iste'mol qilishi shart emas. Har bir inson qondagi qand miqdorini oshganini ko'rsatadigan alomatlarni bilishi foydalidir.
Qaysi alomatlar sizzi tashvishga solishi kerak:
- tungi siyish va doimiy chanqoqlik;
- doimiy ochlik va shirinliklarga bo`lgan ishtiyoq;
- Ovqatdan keyin uyquchanlik.
Yuqoridagi belgilarga qo'shimcha ravishda:
- tishlar bilan bog'liq muammolar;
- qo`l va oyoqlarda sanchiq, uyushish.
Bulardan tashqari erkaklarda terining qurishi, furunkullar, tanada uzoq vaqt davomida bitmayatgan yaralar, ayollarda esa soch to'kilishi, vaginal kandidoz, tsiklning buzilishi ham qandlik diabet alomatlari bo`lishi mumkin.
Qandli diabet "soqov" kasallik deb ataladi, chunki dastlab o'zgarishlar sezilmaydi. Ammo, agar sizda yuqoridagi belgilardan birortasi mavjud bo'lsa, unda shifokorga uchrab tekshiruvdan o'tish vaqti keldi.