17:47 (29.07.2024)

1029

Tomirlarni mustahkamlovchi va qon tozalovchi 5 ta mahsulot 

Tadqiqotchilar hayot tarziga jiddiy o‘zgarishlar kiritmagan holda yurak va tomirlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan beshta mahsulotni sanab o‘tishdi. Ularni kundalik ratsioniga qo‘shishning o‘zi kifoya.

"Yomon" xolesterinni kamaytirish va "yaxshi"sini oshirish uchun taom tayyorlashda zaytun moyidan foydalanish tavsiya etiladi. U tarkibida yuqori foizli monoto‘yinmagan yog‘lar mavjudligi bilan qimmatlidir. Ular bizga yallig‘lanish va o‘smalarga qarshi kurashda yordam beradi.

Kinoada mavjud bo‘lgan antioksidantlar va aminokislotalar yurak-tomir tizimiga ayniqsa ta’sir ko‘rsatadi. U hujayra darajasida himoyani ta’minlaydi, shuningdek, tarkibidagi kletchatka hisobiga xolesterin va bosimni pasaytirishga yordam beradi.

Olimlar loviyaning turli xillarini ko‘rib chiqishda uning qora turiga e’tibor qaratdilar. Ular shuni aniqladiki, uni muntazam iste’mol qilish organizmga xolesterinning sog‘lom darajasini ushlab turishga va tomirlarni mustahkamlab, yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulotda o‘simlik oqsillari ko‘p.

Olimlar yurak va tomirlar uchun organizmda triglitseridlar darajasini pasayishini ta’minlaydigan va boshqa afzalliklari ko`p bo`lgan omega-3 yog‘ kislotalari mavjudligi muhimligini ta’kidladilar. Bunda yong‘oqqa e’tibor berish kerak. Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, foydali yog‘lar, shuningdek, B6 vitamini dengiz baliqlarini iste’mol qilish orqali olishimiz mumkin.

Tadqiqotchilarning eslatishicha, ratsionimizdagi kletchatka manbalari inson zararli ovqat bilan qabul qiladigan ortiqcha to‘yingan yog‘larni "so‘rib olish" qobiliyatiga ega. Masalan, qayta ishlangan mahsulotlar - o‘sha kolbasa, yog‘li souslar va boshqalarni iste’mol qilish orqali. Ta’kidlanishicha, qon oqimini qiyinlashtiradigan va tomirlarni ifloslantiradigan infarkt qo‘zg‘atuvchilari kletchatkadagi oziq-ovqat tolalari va mahsulotlari bilan birga organizmni tark etadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech