09:00 (03.07.2024)

930

Аvstraliyada yangi qonunga koʼra, endi elektron sigaretalar dorixonalarda sotiladi

Avstraliyada elektron sigaretlarni sotish boʼyicha yangi qoidalar kuchga kirdi, endi ularni faqat dorixonalarda sotib olish mumkin. Ushbu cheklov qurilmalarning yoshlar orasida tarqalishini kamaytirish uchun kiritilgan.

Oʼtgan hafta qabul qilingan qonunga koʼra, elektron sigaretalar faqat dorixonalarda sotiladi va 18 yoshdan kichiklar qurilmani sotib olish uchun shifokor retseptini koʼrsatishi kerak boʼladi.

Qonun 3 oydan keyin kuchga kirishi kutilmoqda. Biroq, oktyabrь oyiga qadar 18 yoshdan oshgan shaxslarga ham elektron sigaret sotib olish uchun retsept kerak boʼladi.

Oʼtgan yilgi maʼlumotlarga koʼra, 18 yoshdan 24 yoshgacha boʼlgan yoshlarning taxminan 22 foizi kamida bir marta elektron sigaret isteʼmol qilgan.

Dorixonalarda sotishdan tashqari, qonun nikotin kontsentratsiyasini cheklashni nazarda tutadi hamda faqat yalpiz, mentol va tamaki lazzatlariga ruxsat beriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech