08:50 (23.01.2025)

80

Pochta mashinasidagi noqonuniy dorilar

Dori-darmonlarning noqonuniy aylanishi muammosi nafaqat sog‘liqni saqlash tizimiga, balki fuqarolarning, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

“Namangan-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan “BTS” shaharlararo pochta yuklarini tashuvchi yuk avtotransport vositasi Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashinaning yukxonasidan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan taxminiy summasi 350 000 000 so‘mlik bo‘lgan 140 turdagi 2 156 quti tibbiyot dori vositalari hamda 20 dona Iphone 11 uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech