09:12 (31.07.2023)

2552

Dorixonada sotilgan dori vositasi qaytarib olinmaydimi?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi" toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq:

Dorixonalardan realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar kaytarib olinmaydi va shunga oʼxshash dori vositalari va tibbiy buyumlarga almashtirilmaydi.

Bundan tashqari, shu nizomga muvofiq:

• Dorixona mudiri oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʼlishi kerak. 

• Dori vositalarini chakana realizatsiya qilishga faqat farmatsevtik maʼlumotga ega boʼlgan mutaxassislarga ruxsat etiladi.

• Dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga rioya etishi kerak.

• Dori vositalari va tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech