08:54 (17.05.2024)
1135
AQSh olimlari multivitaminli qoʼshimchalar xotira rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʼrsatishini va keksa odamlarda aqliy qarishni sekinlashtirishini aniqladilar.
Tadqiqotchilar multivitaminlar va kakao ekstrakti qoʼshimchalarini qalbul qilgan 573 kishidan namuna olishdi. Natijada, subyektlarning kognitiv qobiliyatlari oʼrtacha darajada yaxshilandi.
Olimlar multivitaminlar epizodik xotiraga ijobiy taʼsir koʼrsatishini, ammo diqqat va rejalashtirish qobiliyatiga taʼsir qilmasligini aniqladilar.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, agar siz har kuni 20 dan ortiq muhim mikroelementlarni oʼz ichiga olgan multivitaminlarni isteʼmol qilsangiz, miya qarishini deyarli ikki yilga sekinlashtirishingiz mumkin. Tegishli tadqiqot American Journal of Clinical Nutrition (AJCN)da chop etildi.