15:21 (15.08.2023)

1448

Novo Nordiskning semirishga qarshi dori savdosi 1 milliard dollardan oshdi

Taʼminotdagi qiyinchiliklarga qaramay, Wegovy yana savdo rekordlarini yangiladi.

Umuman olganda, Novo Nordisk 2023 yilning ikkinchi choragida "faxrlansa arziydi", dedi kompaniyaning Shimoliy Аmerika boʼlimi rahbari Dug Langa.

Birinchidan, Novo savdosi 30 foizga oshib, taxminan 15,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu "soʼnggi 20 yil ichida biz koʼrgan eng yuqori choraklik oʼsish", dedi Langa.

Ushbu natijaga birinchi navbatda, GLP-1 toifasidagi dorilar, jumladan, Ozempic va Rybelsus nomli diabetga qarshi dorilar, shuningdek, kompaniyaning yangi ortiqcha vaznga qarshi Wegovy preparatiga boʼlgan talablar sababchi boʼldi.

Qandli diabet va semirib ketishga qarshi dori-darmonlar savdosi uch oy davomida 37 foizga oshib, 14,6 milliard dollarga yetdi, GLP-1 diabetdan tushgan daromad esa 50 foizga oshdi, deyiladi kompaniya press-relizida. Shu bilan birga, semirishni davolash 157 foizga oʼsib, 18,1 milliard daniya kronasini tashkil etdi, shu jumladan Wegovyʼdan — 1,1 milliard dollar. Bu Wegovy chorakda birinchi marta blokbaster chegarasini bosib oʼtganini anglatadi.

Dug Langaning soʼzlariga koʼra, preparatga boʼlgan talab "aql bovar qilmaydigan" darajaga yetdi. Kompaniya taʼminotni koʼpaytirish va dorining barcha besh dozasini ishlab chiqarishda davom etmoqda, deya qoʼshimcha qildi Langa. "Biroq, bizning taʼminot zanjirimizda hali ham jiddiy bosim mavjud", dedi u.

Kompaniya sotishning oʼsishi kutilgan 24-30%dan 27% dan 33% gacha yetishini prognoz qilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech