11:38 (11.04.2025)

217

Protein va prebiotiklar intellektni kuchaytiradi

Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, atigi uch oy davomida har kuni protein va prebiotiklarni qabul qilgan 60 yoshdan oshgan odamlar xotira testlarida qabul qilmaganlarga qaraganda ancha yuqori natijalarni ko‘rsatdi.

Nature Communications jurnalida chop etilgan ushbu natijalar kognitiv funksiyalarni yaxshilashning qulay usulini taklif qiladi, shuningdek, ichak sistemasi faoliyatining markaziy asab tizimiga ta’sirini yana bir bor tasdiqlaydi.

60 yoshdan oshgan 36 juft egizak ishtirok etgan tadqiqotda prebiotiklarning keksa odamlarda mushak kuchi va kognitiv funksiyalarni yaxshilash xususiyati o‘rganildi. Juftlikning bir egizagi prebiotiklarsiz protein kukunini, ikkinchisi esa protein kukuni va 7,5 milligramm fruktoza oligosaxaridlari va inulinni qabul qildi.

Uch oydan so‘ng qo‘shimcha prebiotiklar qabul qilgan egizaklar kognitiv testlarda yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu ishtirokchilar kognitiv funksiyalarning pasayishi va Alsgeymer kasalligini tashxislash uchun qo‘llaniladigan xotira testida sezilarli darajada kamroq xatoga yo‘l qo‘yishdi.

Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari parhez qo‘shimchalarini qabul qilgandan keyin ishtirokchilarda mushak kuchi yaxshilanmaganini qayd etishdi.

Ma’lumot uchun, "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli dorixonalardan ishonchli va sifatli prebiotiklarni qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech