14:51 (16.02.2024)

1604

Qanday dori vositalari retseptsiz sotiladi?

Dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish dori vositasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish, davlat roʼyxatidan oʼtkazish hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning roʼyxatdan oʼtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish jarayonida amalga oshiriladi.

Quyidagi dori vositalari Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiladi:

- Muomalada boʼlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar roʼyxatlariga kirmaydigan dori vositalari;

- kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʼyxatida mavjud boʼlgan moddalarni tarkibida saqlamagan dori vositalari;

- reproduktiv toksiklik, genotoksiklik va kantserogenlik xususiyatlariga ega boʼlmagan dori vositalari;

- tibbiy kuzatuvsiz qoʼllanilganida inson organizmiga bevosita yoki bilvosita xavf tugʼdirmaydigan dori vositalari;

- ruhiy va jismoniy qaramlikni keltirib chiqarmaydigan dori vositalari;

- dori vositasini buyurish va isteʼmol qilish shifokorning doimiy kuzatuvini talab etmaydigan dori vositalari;

- homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllash uchun qarshi koʼrsatmalar va ehtiyotkorlik choralari mavjud boʼlmagan dori vositalari;

- uzoq muddat qoʼllanilganida kumulyativ xususiyatlarga ega boʼlmagan dori vositalari;

- tarkibida keyinchalik tadqiqotlar oʼtkazish talab etiladigan faol moddalarni saqlamaydigan dori vositalari;

- davolash-profilaktika muassasalarida qoʼllashga moʼljallanmagan dori vositalari;

- inson organizmida jiddiy nojoʼya taʼsirlarni keltirib chiqaradigan dori vositalari bilan oʼzaro taʼsir qilmaydigan dori vositalari.

Boshqa barcha dori vositalari retsept asosida beriladigan dori vositalari roʼyxatiga kiritiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech