12:00 (27.06.2025)

224

Qanday kasalliklar bepul davolanadi

Sogʻliqni saqlash vazirining 19.06.2025-yildagi 3632-son buyrugʻi bilan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.

Hujjat Prezidentning 05.09.2024-yildagi "Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-311-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. 

Imtiyozli toifadagi shaxslarni davolash vrach koʻrsatmasi boʻyicha "Elektron sogʻliqni saqlash" axborot tizimi orqali shakllangan yoʻnalma asosida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga bepul amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlari joriy etilgan viloyatlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida elektron navbat asosida rejali statsionar tibbiy yordamni bepul olish huquqiga ega boʻladilar:

  • JSHDSni yoki ijtimoiy soliqni toʻlovchilar;
  • Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblash uchun zarur boʻlgan belgilangan soliq miqdorlarini toʻlagan shaxslar;
  • voyaga yetmaganlar, taʼlim tashkilotlarining oʻquvchi va talabalari, homilador ayollar va ikki yoshgacha bola parvarishi bilan band shaxslar, mehnat organlari tomonidan ishsiz sifatida rasman roʻyxatga olingan shaxslar, davlat pensiyasini oluvchilar va "Ijtimoiy himoyaning yagona reestri" axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb tan olingan oilalar aʼzolari yoki "Kambagʻal oilalar reestri" axborot moduli orqali kambagʻal deb tan olingan oilalar aʼzolari.

 Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 01.07.2025-yildan kuchga kiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech