14:58 (26.08.2024)

579

Raqamli markirovka qoidalarini buzganlik uchun jarima 2% miqdorida belgilangan

“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra:

- fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish,

- tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish —

realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %ini tashkil etadi.

Ushbu qonun qabul qilinguniga qadar (29.05.2024-yil) ushbu huquqbuzarlik realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida (100%) jarima solishga sabab bo‘lar edi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech