20:00 (10.06.2025)

93

RADDIYA

“Eltuz” telegram kanali orqali  “Buxoro Dori-Darmon” MCHJ rahbariyatiga nisbatan yozilgan holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

“Buxoro Dori-Darmon” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D. Axatov rahbarligi davrida “korxonaning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan botqoqlikka olib kelingani” asossiz bo‘lib, jamiyatning 2025-yilning 4 oyi davomida qilingan tovar aylanmasi 20.5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Xabarda keltirilishicha “korxonaga tegishli bo‘lgan deyarli barcha bino va avtomobillari batamom sotilib yuborilmoqda”. Mas’uliyati cheklangan jamiyat  rahbari o‘z qarori asosida bino va inshoatlarni sotib yuborish huquqiga ega emas, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining tegishli karoriga muvofik, asosli va qonuniy tartibda tasarruf etiladi.

Jamiyat direktori D. Axatov rahbarligi davrida faqatgina jamiyat omboxonasiga tegishli ta’mir talab binosi “Dori-Darmon” AKning tegishli qarori bilan auksion savdo orqali sotilgan, shu bilan birga ma’muriy bino hududida GDP standartlariga javob beradigan omborxona binosi qurildi. Bundan tashqari  Vobkent, Romitan, Qorakul, Buxoro tumanlarida 4 ta markaziy dorixonalar qurildi.

Yana shuni ma’lum qilamizki, jamiyat tomonidan dori vositalari dorixonalar talabnomalari asosida xarid qilanadi. Dorixonalar o‘z o‘rnida aholi talablarini o‘rganadi.

Qonunchilikda tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori preparatlarini realizatsiya qilishning tartib-qoidalari belgilangan bo‘lib, xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktyabrdagi 472-son qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 3604-burug‘iga asosan tibbiyot birlashmalalarining ehtiyoji shakllantiriladi hamda shu ehtiyoj asosida shartnomalar tuzilib,  tarkibida giyohvandlik va psixotrop moddalar bo‘lgan har bitta dori vositasi alohida lot asosida yetkazib beriladi. “Buxoro Dori-Darmon” MCHJ ham mazkur qoidalar asosida faoliyat ko‘rsatadi.  Korxona tomonidan ushbu jarayonga hech qanday qo‘shimcha qo‘shishning imkoni mavjud emas.

Bundan tashqari, “Buxoro Dori darmon” MCHJ ishchi xodimlarining eng kam ish haqi 2 mln 700 ming so‘mdan boshlanib, 8 mln so‘mgacha vazifasi, ish yuklamasiga qarab belgilangan va oylik maoshlar har doim o‘z vaqtida berib kelinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Buxoro Dori-Darmon” MCHJ ga nisbatan keltirilgan holatlar va yozilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, ma’lumotlar bir tamonlama o‘rganilganligini, jurnalist ma’lum bir ma’lumotni chop etishdan avval har ikki tomonni eshitishi, hujjatlarni o‘rganishi va asosli faktlarni chop etishga mas’ul ekanligini eslatib o‘tamiz.

Qonunchilikka ko‘ra, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech