13:00 (20.08.2024)

379

Reimbursatsiya dasturi bo`yicha JSST maslahatchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890- sonli qaroriga muvofiq surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalarini elektron retsept asosida dorixonalar orqali bemorlarga yetkazish hamda ushbu jarayonda ishtirok etgan dorixonalarning dori vositalari bo‘yicha sarf-xarajatlarini qoplash tizimi(reimbursatsiya)ni joriy etish belgilangan.

Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligida ushbu vazifalar ijrosi doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yevropa mintaqaviy byurosining tibbiy mahsulotlar narxini belgilash va qoplash bo‘yicha texnik maslahatchisi Stanislav Knyazkov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchi kompaniyalar, yetkazib beruvchi tashkilotlar hamda farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlari mavjud yirik dorixonalar vakillari, xususan, “Dori-Darmon” AK vakillari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari narxini belgilash metodologiyasi, bu jarayonda ishtirok etadigan dorixonalarning sarf-xarajatlarini qoplash tartibi haqida zarur ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish qizg‘in muhokamalarga boy o‘tdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech