14:37 (28.02.2024)
1299
Reimbursatsiya soʻzining maʼnosi xarajatlarni qoplash boʻlib, surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor buyurgan dorilar xarajatini qoplash nazarda tutilgan. Bunda oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida bemor Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalardan dorilarni bepul oladi.
Mazkur tizimni Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida “D” toifadagi bemorlar roʻyxati shakllantirilgan boʻlib, 2023-yilda 15 ming 447 nafar bemorga retsept yozildi. Buning uchun Jamgʻarma 1 milliard 300 million soʻmdan koʻproq mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Toshkent shahrida ham 2023-yilning 1-avgustidan Yunusobod tumanida reimbursatsiya tizimi joriy qilindi.
2024-yilda Toshkent shaharidagi tumanlarda reimbursatsiya dasturini bosqichma-bosqich joriy qilish rejalashtirilgan. Hozirda Olmazor va Chilonzor tumanlarida reimbursatsiya dasturini joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
2024-yil iyul oyidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri, Qoʻngʻirot, Chimboy tumanlarida reimbursatsiya dasturini joriy etiladi.
"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli Sirdaryo viloyatidagi 40 ta va Toshkent shahridagi 10 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya dasturiga ulangan boʻlib, 2023-yil davomida 962,6 mln. soʻmlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berildi.