16:09 (11.06.2024)

1259

Shifokorlar yarani davolash uchun noyob malham ishlab chiqdilar

Volgograd tibbiyot universiteti olimlari ogʼiz boʼshligʼidagi yaralarni va uzoq vaqtdan beri davolab boʼlmagan trofik yaralarni davolash uchun oʼsimlik tarkibiy qismlariga asoslangan malham ishlab chiqishdi.

Olimlarning soʼzlariga koʼra, oʼsimlikka asoslangan malham tarkibi qon aylanishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, yara hududida yalligʼlanish reaktsiyalarini kamaytiradi. Malham 2024 yil yakuniga qadar Rossiyada patentlanishi kutilmoqda.

Malham yarani davolashni tezlashtiradi, shuningdek qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda uchraydigan uzoq muddatdan buyon davolab boʼlmagan jarohatlarda yordam beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech