11:50 (23.01.2025)
74
Roszdravnadzor dori-darmonlarni sotadigan 140 mingga yaqin veb-saytlar ishini tahlil qildi va noqonuniy savdo qilgan 94 mingdan ortiq saytni blokladi. Bu haqda Roszdravnadzor ma’lum qildi.
«Roszdravnadzor 20-yildan ortiq vaqt davomida bemorlarning manfaatlarini himoya qiladi. Bizning muhim vazifalarimizdan biri dori vositalarining internet tarmog‘ida sotilishi haqidagi ma’lumotlarni nazorat qilish va nopok saytlarni o‘z vaqtida blokirovka qilishdir. Ushbu chora qalbaki va qalbakilashtirilgan tibbiy mahsulotlarning bemorlarga yetib borishi xavfini kamaytirishga qaratilgan”, — dedi boshqarma boshlig‘i.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Roszdravnadzor 230 ga yaqin sifatsiz dori vositalarini blokirovka qilishga qaror qilgan. Bundan tashqari, Rossiya Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda o‘tkazilgan 300 dan ortiq tadbirlar natijasida qariyb 8,4 million dona sifatsiz, qalbakilashtirilgan va kontrafakt tibbiy mahsulotlar aniqlangan, bu yil davomida muomalaga kiritilgan tibbiy mahsulotlarning 0,047 foizini tashkil etadi.
Har yili Rossiya bozoriga taxminan 17-18 milliard dona tibbiy mahsulotlar kiradi.