09:06 (10.11.2025)
387
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Hujjatga koʻra, 2026-yildan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Yangi qarorga muvofiq, kelgusi yildan:
✅ Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ragʻbat puli beriladi;
✅ 1-apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga oʻtadi, bayram va dam olish kunlarida esa navbatchilik saqlanadi;
✅ Yangi davolash usulini joriy qilib, ijobiy natijaga erishgan shifokorlar BHMning 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot oladi;
✅15 yillik stajga ega xodimlarning farzandlariga OTM bakalavriati kontrakt toʻlovining 30 foizi qoplab beriladi (BHMning 15 baravaridan oshmagan holda);
✅ Xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etgan shifokorlar uchun barcha xarajatlar davlat hisobidan qoplanadi;
✅ 500 nafar tajribali xodim uchun uy-joy olishda ipoteka dastlabki badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi;
✅ Milliy akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot muassasalari xodimlariga lavozim maoshining 10 foizi miqdorida oylik ustama beriladi;
✅ 3 yildan ortiq ish stajiga ega xodimlar yilda bir marta davlat hisobidan yuqori texnologik tibbiy yordam oladi;
✅ 15 yillik stajga ega tibbiyot xodimlari uchun har yili respublika sanatoriylariga bepul yoʻllanma ajratiladi;
✅ Davlat xizmatlari toʻlovlari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun ikki barobarga kamaytiriladi.
Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab tibbiyot sohasini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga har yili 100 milliard soʻm ajratib, mablagʻlarni indeksatsiya asosida moliyalashtirib boradi.