08:47 (07.03.2025)
179
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan F.S. (muqaddam JKning 251-1-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan) fuqaro D.B. bilan o‘zaro til biriktirib, 210 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, fuqaro F.A. (muqaddam JKning 251-1-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan) 500 dona “Zardeks” nomli dori vositasini fuqaro D.B.ga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan 60 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.