11:58 (28.11.2024)
26
Sogʻliqni saqlash vazirligiga tizimni isloh qilish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqishda yordam berishi kerak boʻlgan yetti nafar turkiyalik ekspertdan iborat guruh Oʻzbekistonga jalb qilindi. Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, mutaxassislra hukumat qaroriga muvofiq taklif etilgan.
Guruh yettita asosiy yoʻnalish boʻyicha ishlaydigan yetti nafar mutaxassisdan iborat:
Mutaxassislar “yuqoridagi yettita yoʻnalish boʻyicha katta xalqaro tajriba va malakaga ega, har biri tegishli yoʻnalish boʻyicha masʼul etib belgilangan”, deyiladi xabarda.
Guruh rahbari Hasan Chagil 1986-yilda Istanbul universitetini tamomlagan. 2003−2013-yillarda Turkiya tibbiyotini transformatsiya qilishda bevosita ishtirok etib, asosiy yoʻnalishlarga boshchilik qilgan. Natijada qisqa muddatda mamlakat tibbiyoti 2000-yillar boshidagi ahvoli ogʻir sohadan rivojlangan tizimga aylandi.
Ushbu mutaxassis xalqaro darajadagi ekspertlik faoliyatini 2016-yildan mustahkamlagan. Osiyo va Yevropaning bir qator Sogʻliqni saqlash vazirliklarida tibbiyotning qator yoʻnalishlari boʻyicha maslahatchilik faoliyatini davom ettirgan.
Shu bilan birga, turkiyalik ekspertlar safida tibbiyot sohasida katta ilmiy salohiyat hamda amaliy tajribaga ega Mehmet Ugurlu, Talgan Kyuchyuk, Muhammet Yornek, Mehmet Ersoy, Hasan Bagdji va Mexmut Avdji ham bor.
Hozir ular joylarda boʻlib, sogʻliqni saqlash muassasalari faoliyatini chuqur oʻrgangan holda, uni yanada rivojlantirish borasida oʻz tavsiyalarini beryapti. Kelgusida ana shu tahlil, taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, sogʻliqni saqlash tizimining bosqichma-bosqich islohotiga oid qisqa, oʻrta va uzoq muddatli “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi rejalashtirilgan.