09:05 (28.11.2023)

984

Shamollaganda asqatadigan tavsiyalar

▪️ Ertalab kunni issiq dush bilan boshlang. Bu muolaja titroqni bosishga yordam beradi, bugʻ esa burun boʻshligʻini tozalaydi.
▪️ Toʻgʻri nonushta qiling. Chunki ishtaha butunlay yoʻqolganda ham nonushtani oʻtkazib yuborish yaramaydi. 
▪️ Zarur muolajalarni oʻtkazib yubormang. Nafas yoʻllarini tozalash uchun ingalyatsiya qiling. Puls urishiga oʻxshash bosh ogʻrigʻi paydo boʻlsa, paratsetamol yoki biror dori iching. Bosh ogʻrigʻi katta ehtimol bilan, burun berkilib qolganidir. Agar tomoq ogʻrigʻi boshlansa, uni oddiy suvda chaying va qizarishning oldini oluvchi soʻriluvchi tabletka qabul qiling.
▪️ Tabiat qoʻynida sayr qilish juda muhim. Ozroq piyoda yurish miyani tozalashga va immunitetni oshirishga yordam beradi. Asosiysi, haroratga mos kiyinib olish darkor.
▪️ Toʻyimli tushlik qilishni unutmang. Sogʻlom ovqatlanishning barcha qoidalariga rioya qilgan holda tushlik toʻyimli va goʻshtli boʻlishi zarur. Chunki oqsillar immun tizimini beqiyos darajada faollashtiradi.
▪️ Koʻproq suyuqlik iching. Bu organizmdan infeksiyalarni quvish imkonini beradi. Shuningdek, apelsin sharbatining ijobiy taʼsiri uzoq davom etadi. 
▪️ Kechki ovqat ziravorli boʻlsin. Chili qalampiri, zanjabil va garmdorilar oʻzining virusga qarshi va antibakterial xususiyati bilan mashhur. Ular mikroblardan xalos boʻlishga, shuningdek, nafas yoʻllarini tozalashga yordam beradi.
▪️ Boʻshashtiruvchi vanna qabul qiling. Bu ogʻir kundan soʻng mukammal dam olishga va kuchni tiklashga koʻmakchi vazifasini oʻtaydi. Uyqu oldidan nafas yoʻllarini ochib olishdagi yana bir bugʻli vosita hisoblanadi.
▪️ 8 soatdan kam boʻlmagan sogʻlom uyquga eʼtiborli boʻling. Tobingiz qochsa, organizmingiz oʻzini tiklab olishi uchun koʻproq dam olishga harakat qiling. Immun tizimi koʻngildagidek faoliyat olib borishi uchun doimiy va sogʻlom uyqu zarur.

Muhimi, mavsumiy oʻtkir respirator kasalliklarga qarshi kurashishning eng samarali yoʻli organizm immunitetini koʻtarishdir. Buning uchun immun tizimi uchun foydali mahsulotlarlarni isteʼmol qilish zarur. 

Limon
Uni maydalab, biroz shakar qoʻshib kun davomida uch martagacha bir choy qoshiqchadan isteʼmol qilish immunitetni mustahkamlashda samara beradi.
Naʼmatak
Naʼmatak sharbati, mevalaridan choy damlab ichish juda foydali. 
Kechqurun termosga oʻn dona naʼmatak mevasini soling va qaynoq suv quying. Ertasiga kun boʻyi bu damlamadan ichib yuring. Ushbu ichimlik immunitetni koʻtaradi.
Tuzlangan karam
Tuzlangan karamga biroz zaytun moyi va mayda toʻgʻralgan piyoz qoʻshib isteʼmol qilish koni foyda.
Piyoz
Piyoz tabiiy antibiotik hisoblanadi. 
Sarimsoq
Shamollash va virusdan asraydi, yurak-qon tomiri xastaliklari bilan kasallangan bemorlar uchun juda foydalidir. U qon bosimini va xolesterin darajasini pasaytiradi.
Tvorog
Uy sharoitida tayyorlangan tvorog, ayniqsa, yaxshi foyda qiladi. 
Tuxum
Qaynatilgan tuxum tarkibida A, V2, V5, V6, V9, V12, D, K kabi vitaminlar, shuningdek, biotin, kalsiy, magniy, rux, selen, mis, marganes temir kabi foydali mikroelementlar boʻladi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech