15:00 (21.10.2024)

302

"Nozim-Abdullox Farm" MCHJ va “SHIFO NUR FARM” XKga tegishli dorixona litsenziyalari bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda, Toshkent shahrida joylashgan "Nozim-Abdullox Farm" MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Boshqarma tomonidan sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirlaridagi tekshiruvda esa Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan “SHIFO NUR FARM” XKga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan "Nozim-Abdullox Farm" MCHJga va "SHIFO NUR FARM" XKga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyalarini bekor qilish to‘g‘risida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning tumanlararo iqtisodiy sudlariga kiritgan da’vo arizalari sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “Nozim-Abdullox Farm" MCHJga va “SHIFO NUR FARM” XKga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi yurtimizdagi barcha dorixona ma’sullarini dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talab va shartlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida ogohlantiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech