15:20 (30.05.2025)
203
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbari koronavirusning yangi shtammi shiddat bilan tarqalayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi to‘lqini butun dunyoni qamrab olgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Xususan, kasallanish holatlarining ko‘payishi shtammning NB.1.81 varianti bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirga o‘rin yo‘q.
“Shu yil mart oyida koronavirusning Xitoyda aniqlangan NB.1.81 shtammi ba’zi mamlakatlar bo‘ylab tarqalayotgani haqida ma’lumotlar bor, — deydi mutaxassis. — Lekin, СOVID-19 ning yangi to‘lqini dunyoni qamrab olmoqda, degan xabarlar asossiz.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyoda kasallikning yangi to‘lqini paydo bo‘lish ehtimoli deyarli nolga teng.