09:00 (23.04.2026)

54

SMA bilan kasallangan bolalarga uyda davolanish uchun jihozlar beriladi

Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tartib joriy etildi.

Hukumatning 2026-yil 17 apreldagi 184-sonli qarori bilan ushbu toifadagi bemor bolalarni uy sharoitida davolash uchun zarur tibbiy jihozlar, protez-ortopediya vositalari va reabilitatsiya texnikalari bilan ta’minlash tartibi tasdiqlandi.

Yangi nizomga ko‘ra, bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga uyda davolash bo‘yicha ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga yakuniy tashxis qo‘yilgan tibbiy xulosa hamda shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan zarur jihozlar ro‘yxati ilova qilinishi shart.

Murojaatlar hududiy ishchi guruh tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, hududiy ishchi guruh har yili 1 iyungacha keyingi yil uchun zarur jihozlar bo‘yicha ehtiyojni respublika darajasiga elektron shaklda taqdim etadi.

Respublika ishchi guruhi mazkur ma’lumotlarni umumlashtirib, 15 iyunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi. Vazirlik esa qonunchilikka muvofiq tarzda tibbiy jihozlarni xarid qilish choralarini ko‘radi.

Jihozlar har yili 1 iyulga qadar hududlarga taqsimlanib, yetkazib beruvchi tashkilotdan qabul qilingandan so‘ng 10 kun ichida ota-onalarga shartnoma asosida topshiriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech