17:50 (06.03.2025)

265

Smartfonlardan 72 soatga voz kechib koʼring

Smartfondan atigi 72 soatga voz kechish miyaning his-tuygʼularni boshqarish va mukofotlash tizimi bilan bogʼliq faoliyatida sezilarli oʼzgarishlarga sabab boʼldi. Bu haqda Computers in Human Behavior jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalarida aytildi.

Tajribada 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan, smartfonlardan muntazam foydalanadigan 25 nafar yoshlar ishtirok etdi. Tadqiqot boshlanishidan oldin ishtirokchilar smartfonlarning ularning psixologik holati va ijtimoiy xulq-atvoriga taʼsiri boʼyicha testdan, shuningdek, miyaning MRT tekshiruvidan oʼtkazildi. Shundan soʼng ishtirokchilarga uch kun davomida smartfonlardan faqat ish, maishiy vazifalar va yaqinlari bilan muloqot qilish uchun foydalanishga ruxsat berildi.

Uch kundan soʼng ishtirokchilar takroriy MRT tekshiruvidan oʼtkazildi, ularga uch turdagi tasvirlar koʼrsatildi: neytral tasvirlar (masalan, manzaralar), yoqilgan va oʼchirilgan smartfonlar. Skanerlar miyaning dofamin va serotonin ishlab chiqarish uchun masʼul boʼlgan sohalarida, kayfiyatni, his-tuygʼularni va qaramlikni shakllanishini tartibga soluvchi neyrotransmitterlarda sezilarli oʼzgarishlarni aniqladi.

Smartfondan foydalanishni cheklab qoʼyilgandan soʼng, yoqilgan qurilmalar tasvirlarini koʼrishda ushbu sohalardagi faollik kamaygan. Bu qoʼzgʼaluvchanlik va gadjetlarga bogʼlanish darajasining pasayishini koʼrsatadi. Olimlarning taʼkidlashicha, bunday taʼsirlar smartfondan ortiqcha foydalanish alomatlari boʼlmaganlarda ham kuzatilgan.

Tadqiqot shuni tasdiqlaydiki, smartfonlar miya faoliyatiga bevosita taʼsir koʼrsatadi va ulardan kamroq foydalanish qaramlikni kamaytirishga va neyrotransmitterlarning tabiiy muvozanatini tiklashga yordam beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech