14:15 (09.10.2022)

2674

Sogʼliqni saqlash sohasida ommaviy qabul oʼtkazildi

Аyni damda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida fuqarolarning sogʼliqni saqlash sohasidagi murojaatlarini hal etish maqsadida sogʼliqni saqlash, tibbiyot hamda ijtimoiy himoya tizimidagi idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari, hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi ommaviy qabul boshlandi.

Ommaviy qabulda ishtirok etayotgan "Dori-Darmon" АK Boshqaruv raisi oʼrinbosari А.Kamilov boshchiligidagi masʼullar ham aholi marojaatlariga atroflicha javob berib, imtiyozli, retsept asosida dori vositalari olish tartibini tushuntirayapti. Zaruriy dori vositalarini olishda koʼmaklashmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech