15:24 (15.04.2025)

82

“Sogʼliqni saqlash – TIHE 2025”

Bugun Toshkent shahridagi yangi “CAEx Uzbekistan” xalqaro koʼrgazmalar markazida “Sogʼliqni saqlash – TIHE 2025” va “Beauty Uzbekistan 2025” xalqaro koʼrgazmalari oʼz ishini boshladi.

“TIHE-2025” koʼrgazmasi oʼzbek tibbiyotining rivojlanishi, zamonaviy jihozlar va texnologiyalar bilan tanishish, shifokorlar va soha mutaxassislarining malakasini oshirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, bu yilgi koʼrgazmaning yana bir muhim jihati – “Goʼzallik va salomatlik sinergiyasi” shiori ostida ilk bor mustaqil ravishda oʼtkazilayotgan “Beauty Uzbekistan -2025” koʼrgazmasidir. U estetik tibbiyot, apparat kosmetologiyasi va anti-age parvarishi sohalariga bagʼishlanadi.

"Dori-Darmon" АK Boshqaruv raisi M. Dusmuratov, kuzatuv kengashi raisi F. Аbutaliev hamda kompaniyamiz mutaxassislari mazkur koʼrgazmada ishtirok etib, bir qator uchrashuvlar oʼtkazdi.

“TIHE”– Oʼzbekistonda Jahon koʼrgazma sanoati assotsiatsiyasi (UFI) tomonidan rasman eʼtirof etilgan yagona tibbiy koʼrgazma boʼlib, u 1995 yildan buyon har yili oʼtkazib kelinadi. Bu tadbir nafaqat mahalliy, balki xalqaro soha mutaxassislari uchun ham muhim platforma hisoblanadi. Koʼrgazmalar doirasida tibbiyot, estetik va kosmetologik sohalardagi soʼnggi ishlanmalar, asbob-uskunalar namoyish etilmoqda.

“TIHE” va “Beauty Uzbekistan 2025” koʼrgazmalarining birlashgan ekspozitsiyasida 23 davlatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech