15:57 (13.11.2023)
1856
Joriy yilning 10 noyabr kuni “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining navbatdagi hayʼat yigʼilishi oʼtkazildi. Yigʼilishda kompaniya Boshqaruv Raisi U. Salixbaeva, rais oʼrinbosari А.Kamilov, shuningdek, direktorlar, boʼlim boshliqlari va tizimdagi jamiyat rahbarlari ishtirok etishdi.
Kun tartibida:
1. Kompaniya tizimidagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida 2023 yilning 9 oylik yakuni boʼyicha tasdiqlangan biznes-reja koʼrsatkichlari bajarilishi;
2.“Andijon Dori-Darmon” va “Qashqadaryo Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyatlari rahbarlarining joriy yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
3.Dori-Darmon" АKda joriy yil 9 oy davomida dori vositalari, tibbiy buyumlar va parafarmatsevtika mahsulotlarining aylanmasi, kirim va chiqim boʼyicha tahlili;
4. Ikkinchi guruh moddiy boyliklarini yangilash rejasi boʼyicha amalga oshirilgan ishlar;
5. Sohaga taalluqli boshqa masalalar koʼrib chiqildi.
Kompaniyaning moliya direktori v.v.b. I.Аbdusalomov joriy yilning 9 oylik yakuni boʼyicha erishilgan yutuqlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar haqida axborot berdi. Qayd etilganidek, 2023 yilning 9 oyi davomida kompaniya va tizimdagi jamiyatlarning umumiy tovar aylanmasi 568,6 mlrd.soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 412,5 mlrd. soʼmni, chakana tovar aylanmasi 156,1 mlrd.soʼmni tashkil etdi.
Shundan soʼng, "Andijon Dori-Darmon” АJ rahbari А. Аhmadjonov hamda “Qashqadaryo Dori-Darmon” MChJ direktori Q.Saydullaevning jamiyatlarda 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
Dori-Darmon" АKda joriy yil 9 oy davomida dori vositalari, tibbiy buyumlar va parafarmatsevtika mahsulotlarining aylanmasi haqida tijorat direktori Nurali Husanov maʼlumotlar berib oʼtdi.
Shundan soʼng, tizimdagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning tovar aylanmasi biznes reja koʼrsatkichlariga nisbatan bajarilishi tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Ish va savdo sifatini oshirish, yoʼl qoʼyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Yigʼilishda kompaniya faoliyatiga oid boshqa masalalar ham muhokama etildi.