17:56 (03.01.2025)

213

"Sovuq urgan" sabzavotlarni iste’mol qilish salomatlik uchun xavflimi?

Yurtimizda sovuq kunlar boshlandi. Sabzavotlarni sovuq urishi ehtimoli yuqori. O`z navbatida bu kabi mahsulotlarni iste’mol qilish salomatlik uchun xavflimi, degan savol paydo bo`ladi.

Har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga – SanQvaN, GOST (davlat standarti), tashkilot standarti asosan saqlanishining muayyan talablari belgilangan. Ya’ni, har bir mahsulot qoida va normalarda belgilangan ma’lum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.

Sovuq tushishi natijasida bozordagi ayrim sabzavot va meva mahsulotlarni sovuq urishi ehtimoli yuqori. Bu mahsulotlar o‘zining organoleptik xususiyatlari – mazasi, ta’mini yo‘qotadi va iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Shuningdek, ushbu mahsulotlarning ozuqaviy qiymati ham pasayadi.

Albatta, ular zaharlanishlarga olib kelmaydi, lekin barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va ularning muzdan tushgandan keyin saqlash muddatlari keskin kamayib ketadi.

Ma`lumot o`rnida aytish kerakki «Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari” 0027-22-son SanQvaMning 79-bandida ham UOK (korxonalarda) muzdan eritilgan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini qabul qilishga ruxsat etilmagan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech