14:48 (20.01.2025)
193
AQSH oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) qandolat mahsulotlari va peroral (og‘iz orqali qabul qilinadigan) dori vositalarini ishlab chiqarishda №3 sintetik oziq-ovqat bo‘yog‘idan foydalanishni taqiqladi. Laboratoriya kalamushlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra bo‘yoq kanserogen xususiyatga ega.
O‘ttiz yil avval pardoz-andoz vositalarini ishlab chiqarishda ushbu buyoqdan foydalanishga taqiq kiritilgan edi.
Bir necha yillardan beri iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi turli tashkilotlar uni taqiqlashni talab qilib kelmoqda. 2022-yilda rang beruvchi moddaning yuqori konsentratsiyasi erkak kalamushlarda saraton kasalligini qo‘zg‘atishini tasdiqlovchi tadqiqot natijalarini o‘rganish talabi bilan petitsiya berilgan.
"FDA odamlar yoki hayvonlarda onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalari va bo‘yoqlardan foydalanishga ruxsat bermasligi kerak," - dedi inson uchun oziq-ovqat bo‘yicha vakil o‘rinbosari Jim Jons.
Biroq, regulyatorning ta’kidlashicha, hayvonlar va odamlarda o‘tkazilgan boshqa tadqiqotlar bunday ta’sirni aniqlamagan va mavjud ma’lumotlar bo‘yoqdan oziq-ovqat mahsulotlari va peroral dori vositalarida foydalanish inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishini tasdiqlamaydi.
Mahsulotlarini tayyorlashda qizil №3 dan foydalanadigan oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari 2027-yil 15-yanvargacha tayyorlash retseptini o‘zgartirishi kerak. Farmatsevtika kompaniyalari uchun tegishli muddat 2028-yil 18-yanvarga belgilangan.