12:22 (13.12.2022)

3051

SSV: OIVga chalingan bemorlar 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul taʼminlanadi

Prezidentimiz boshchiligida ftiziatriya va pulьmonologiya sohasini rivojlantirish, OITS kasalligining oldini olish masalalari boʼyicha oʼtkazilgan yigʼilishda:

 

  • OIV infektsiyasi boʼyicha tekshiruvni kengaytirib, 3 million aholini qamrab olish choralari belgilandi.

 

  • Bunday bemorlar 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul taʼminlanadi.

 

  • Hududiy OITS markazi va tumanlararo laboratoriyalarni taʼmirlash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga masʼullar biriktirildi.

 

  • Tibbiyotning birlamchi boʼgʼini xodimlarini OIV infektsiyasi boʼyicha malakasini oshirish, aholi oʼrtasida kasallik va uning oqibatlari toʼgʼrisida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

 

  • Yakunda ftiziatriya, pulьmonologiya va OITS yoʼnalishlarida dasturiy qarorlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi qoʼyildi.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech