15:50 (15.10.2025)

46

TAYINLOV

"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi kuzatuv kengashi qarori bilan Kamilov Abdug‘ani Abdunabiyevich kompaniya Boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Kamilov Abdug‘ani Abdunabiyevich 1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2003-yilda Toshkent farmatsevtika institutini, 2014-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

2004-yildan “Dori-Darmon” AK tizimida ish boshlagan va shu kunga qadar turli darajadagi va yukori mas’uliyat talab qiluvchi — savdo menejeri, savdo bo‘limi boshlig‘i, tijorat bo‘yicha direktor, Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

21-yillik tajribasi davomida kompaniya rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

"Dori-Darmon" jamoasi Kamilov Abdug‘ani Abdunabiyevichni ushbu yuqori ishonch ifodasi bo‘lgan tayinlov bilan muborakbod etar ekan, uning rahbarligi ostida kompaniya yanada muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildiradi.


Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech