15:00 (13.08.2024)
537
O‘tgan hafta davomida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahar hamda Toshkent, Andijon, Namangan va Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlari Markaz laboratoriyalarida ekspertizadan o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 214 turdagi 2174 o‘ram jumladan:
♦ 74 turdagi 774 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan;
♦ 113 turdagi 1350 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
♦ 3 turdagi 3 o‘ram — yaroqsiz;
♦ 24 turdagi 47 o‘ram — yaroqlilik muddati tugagan farmatsevtika mahsulotlari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi bo‘yicha xulosa berildi.
Shuningdek, sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.