16:19 (23.09.2026)

57

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy qilinadi

“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–192-son, 10.09.2026 y.) qabul qilindi.

 Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-iyuldan bosqichma-bosqich tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish tizimi joriy etiladi. Bunda:

- davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tibbiyot va farmatsevtika faoliyati amalga oshiriladigan ixtisosliklar nomenklaturasiga kiritilgan mutaxassisliklarga nisbatan tatbiq etiladi;

- ushbu nomenklatura asosida maxsus imtihon bilan yoki maxsus imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mutaxassisliklar ro‘yxati tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bemorga tibbiy ta’sir ko‘rsatish darajasidan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

- davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tibbiyot va farmatsevtika faoliyati amalga oshiriladigan ixtisosliklar nomenklaturasiga kiritilgan mutaxassisliklarga nisbatan tatbiq etiladi;

- ushbu nomenklatura asosida maxsus imtihon bilan yoki maxsus imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mutaxassisliklar ro‘yxati tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bemorga tibbiy ta’sir ko‘rsatish darajasidan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

- tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tganligini to‘xtatish, bekor qilish hamda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;

- davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kasbiy faoliyat yuritishni monitoring qilish hamda ma’lumotlardan erkin foydalanish imkonini beruvchi Tibbiyot va farmatsevtika sohasi mutaxassislarining yagona elektron reyestri yuritiladi;

- 2030-yilga qadar tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mutaxassisligi bo‘yicha ixtiyoriy tartibda maxsus imtihon natijalariga ko‘ra yoki malaka toifalarini berish jarayonida avtomatik ravishda 5 yil muddatga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech