09:02 (18.01.2024)

1139

Dunyodagi eng yirik 5 ta dorixona tarmoqlari

Dorixona tarmoqlari tobora oʻsib borayotgan dunyo aholisini turli xil farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlari bilan taʼminlashda ajralmas rol oʻynaydi. Bugun dunyodagi eng yirik beshta dorixona tarmogʻi, ularning kuchli tomonlari, bozordagi oʻrni, asosiy takliflari va global sogʻliqni saqlash landshaftiga taʼsirini oʻrganamiz.

  1. Cardinal Health, Inc.

Roʻyxatda beshinchi oʻrinda Cardinal Health, Inc. farmatsevtika va tibbiy buyumlarning global distribyutori sifatida faoliyat yurituvchi Amerika transmilliy kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, yadroviy tibbiyot va farmatsevtika formulalari xizmatlari kabi turli sohalarda ham ishlaydi.

Kardinal  AQSH sogʻliqni saqlash tizimining asosidir, AQSH kasalxonalarining deyarli 90 foiziga,  60 000 dan ortiq dorixonalar va 10 000 dan ortiq ixtisoslashgan shifokorlar idoralari va klinikalarga  xizmat koʻrsatadi. Ushbu keng qamrovli taʼsir kompaniyani sogʻliqni saqlash mahsulotlarini tarqatishda yetakchiga aylantirgan.

Bozorga taʼsiri

Kardinal sogʻliqni saqlash ekotizimida asosiy rol oʻynaydi. Turli xil sharoitlarda, turli xil masofalardagi   tibbiy muassasalar, shifoxonalar va dorixonalarga  dori-darmonlarni qulay va arzon yetkazilishi sogʻliqni saqlash sohasidagi natijalariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

  1. Wal-Mart Stores, Inc.

Oʻzining ulkan chakana operatsiyalari bilan tanilgan Wal-Mart Stores, Inc. farmatsevtika sohasida muhim rol oʻynaydi. Kompaniyaning turli mamlakatlarda 4700 dan ortiq dorixonalari mavjud.

Bozorga taʼsiri

Wal-Mart asosiy dori-darmonlar va tibbiy xizmatlaridan foydalanishni demokratlashtirdi, bu bilan sogʻliqni saqlashda natijalarni yaxshilashga katta hissa qoʻshmoqda.

  1. Makkesson korporatsiyasi

Uchinchi oʻrinni egallagan McKesson korporatsiyasi Qoʻshma Shtatlarda joylashgan tibbiyot va xizmatlarni taqsimlash boʻyicha global yetakchi hisoblanadi.

Bozorga taʼsiri

Taʼminot zanjirida muhim rol oʻynagan McKesson dori-darmonlarni tibbiy muassasalarga muammosiz yetkazib berishni taʼminlash uchun infratuzilmasini muntazam yaxshilab boradi.

  1. CVS Health Corporation

Amerikaning yana bir farmatsevtika giganti CVS Health Corporation  roʻyxatda ikkinchi oʻrinni egallaydi.

9,900 dan ortiq chakana savdo nuqtalari va kuchli internet tizimining mavjudligi bilan CVS Health keng qamrovli dorixona xizmatlarini, jumladan, retsept asosida dori vositalari bilan taʼminlashni,  dori-darmonlar boʻyicha maslahatlar va emlashlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, MinuteClinic klinikalari yengil kasalliklar va jarohatlar uchun qulay tibbiy xizmatlarni taklif qiladi.

Bozorga taʼsiri

CVS Health dori-darmonlar va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarining mavjudligi bilan    aholi salomatligiga katta taʼsir koʻrsatadi.

  1. Walgreens Boots Alliance

Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan Walgreens Boots Alliance dunyodagi eng yirik dorixonalar tarmogʻidir. Kompaniya har kuni 11 mamlakatda 18 500 dan ortiq dorixonalardan iborat keng tarmoq orqali millionlab mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

Oʻzining qulayligi va xilma-xil mahsutlar tanlovi bilan tanilgan Walgreens Boots Alliance retsept boʻyicha dori-darmonlar, retseptsiz dori-darmonlar, salomatlik va sogʻlomlashtirish mahsulotlari va turli xil sogʻliqni saqlash xizmatlarini taklif etadi.

Walgreens Boots Alliance dorixonalar tarmogʻi chakana savdoda yetakchi boʻlib, oʻzining keng va xilma-xil xizmatlari, takliflari orqali millionlab mijozlarining salomatligini tiklashga yordam beradi.

Global farmatsevtika sanoati texnologik taraqqiyot, isteʼmolchilarning xohish-istaklarining oʻzgarishi va sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar kabi omillar taʼsirida rivojlanishda davom etmoqda. Walgreens Boots Alliance-dan Cardinal Health gacha, bu dorixona tarmoqlari keng chakana savdo tarmoqlari, innovatsion sogʻliqni saqlash xizmatlari yoki taʼminot zanjirini samarali boshqarish orqali dunyo tibbiyotiga muhim hissa qoʻshadi.

Sanoat rivojlanib borar ekan, bu kompaniyalar dunyo boʻylab odamlarning sifatli dori-darmonlar va sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlab, rivojlanayotgan tendensiyalarga moslashishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech