12:10 (19.08.2025)

31

Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “G.T.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi F.M. xaridorga tegishli kirim hujjatlari boʻlmagan xorijda ishlab chiqarilgan 50 dona “Omnadren 250” dori vositasini 3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 Departamentning Mirishkor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “O.F.M.” MCHJ dorixonasi masʼul shaxslari dorixonada xorijda ishlab chiqarilgan 50 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda mavjud “Gabapentin-S3” nomli dori vositasini tegishli litsenziya olmasdan sotuvga qoʻyganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

 Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech