13:52 (14.11.2024)
361
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.K. va boshqalar tegishli sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 199 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 10 ming quti “LEVOMER 500ig” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 13 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.