11:50 (13.11.2024)

395

Toshkentda tanasiga dori yashirgan fuqaro ushlandi

Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik jarayonida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, fuqaro o‘z tanasining oyoq qismlariga oldindan yashirib olgan 199 dona “Anaferon” nomli dori vositalari borligi fosh etilgan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech