15:50 (24.03.2025)

445

Olimlar Osiyoda oʻsadigan oʻsimlikdan OIVga qarshi kuchli dori topdilar

Yaponiyaning Toxo va AQSHning Dyuk universitetlarining xalqaro olimlar guruhi “Daphne pseudomezereum” oʻsimligi tarkibida inson immunitet tanqisligi virusi (OIV) replikatsiyasini bosuvchi moddalar mavjudligini aniqladilar.

“Daphne pseudomezereum” — Yaponiya, Xitoy va Koreyada oʻsadigan oʻsimlik hisoblanadi. Yalligʻlanishga qarshi xususiyatlari tufayli uning poʻstlogʻi anʼanaviy ravishda surunkali teri kasalliklari va revmatizmni davolash uchun ishlatilgan. Endi esa bu oʻsimlikning mevalarida OIVga qarshi kuchli faollikka ega birikmalar mavjudligi aniqlandi.

Tadqiqot guruhi uning mevalaridan 10 ta, shu jumladan, ilgari nomaʼlum boʻlgan uchta birikmani ajratib oldi. Ularning uchtasi OIVni bostirishda yuqori taʼsir koʻrsatdi. Bundan tashqari, birikmalarning sitotoksikligi past boʻlib, bu ularni keyingi oʻrganish uchun istiqbolli qiladi.

Qayd etilishicha, ushbu kashfiyot OIVga qarshi dorilarni yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech