12:45 (05.05.2025)
163
Daniyalik olimlarning yangi tahlili eng xavfli moddalarni aniqladi.
Kopengagen universiteti shifoxonasi mutaxassislari 2010-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan 17 ta tadqiqotning meta-tahlilini amalga oshirdilar. Bu tadqiqotlarda jami 11 593 nafar bola (o‘rtacha yoshi 11,3 yosh) ishtirok etgan. Ularning 4176 nafarida (36%) patch-test natijalari ijobiy chiqdi. Bolalarning 36,8 foizida atopik dermatit kuzatildi. Tahlilga kiritilgan tadqiqotlarning uchtasi AQSHda, ikkitadan Italiya, Shvetsiya, Isroil va Daniyada, Chexiya, Turkiya, Tailand, Hindiston, Niderlandiya va Belgiyada esa bittadan o‘tkazilgan.
Nikel eng keng tarqalgan allergen ekanligi aniqlandi (patch- testda ijobiy chastota 11,9%). Ikkinchi o‘rinni 6,6 foiz bilan kobalt egalladi. Aromatik aralashma I (dolchinli spirt, dolchinli aldegid, gidroksitsitronellal, geraniol, evgenol, izoevgenol yeraniol va eman moxi ) 4,8% ijobiy chastotani ko‘rsatdi. Konservantlar, xususan, metilizotiazolinon 4,3% ni tashkil etdi.
Keyingi tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ba’zi allergenlar, shu jumladan metilizotiazolinon Qo‘shma Shtatlarda Yevropaga qaraganda tez-tez uchraydi.